🎗️🎗️🎗️Qizil lenta OIV INFEKCIYASIda nima maqsadida foydalaniladi? QIZIL LENTASI – HAYOT VA MEN UMID BELGISI Qizil lenta shunchaki belgi emas. Bu OIV bilan yashayotgan odamlarni qo’llab- quvvatlash va jamiyatdagi stigmaga qarshi kurashning xalqaro ramzidir. Qizil rang hayot, qon, sevgi va kuchni anglatadi. Bu lenta kasallikka emas, balki odamga e’tibor qaratish kerakligini eslatadi. Qizil lenta birinchi marta 1991- yilda Nyu- Yorkda ishlatilgan. Bugungi kunda u butun dunyo uchun umumiy ramzga aylandi. Qizil lenta taqish “Men befarq emasman” deyish bilan barobar. Qizil lenta qo’llab- quvvatlash va tushunish ramzi hisoblanadi. Bilim himoya qiladi, qo’llab- quvvatlash esa hayot baxsh etadi. Qoraqalpog’iston Respublikası OITSga qarshi kurashish markazi shifokori yordamchisi Uzaqbaeva Gulshexra