Noqonuniy mehnat migrantlari orasida  OIV infeksiyatsiyasi  va jinsiy yul bilan yuqadigan kasalliklarni yuqtirib olish xavfi yuqori bo‘ladi.

 Buning asosiy sabablari quyidagilardan iborat.

  1. O‘z oilasi, turmush o‘rtog‘idan uzoq vaqt ayriliqda yashashi;
  2. OIV infeksiyasi va jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar to‘g‘risida tushunchaning yo‘qligi va OIV infeksiyasi va jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklardan o‘zlarini ximoya kilishni bilmasliklari.
  3. Til bilmaslik.

4.Mahalliy aholining milliy urf odatlarini va  turmush tarzini  bilmaslik.

  1. Tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatining yo‘qligi
  2. Nosog‘lom xulqli guruhlarning ta’siriga tushib kolish.
  3. Spirtli ichimliklar ichish va mastlik holatida notanish shaxslar bilan jinsiy aloqaga kirishish.
  4. Giyohvand moddalarni iste’mol kilish.
  5. Individual himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish to‘g‘risidagi tushunchaning  bo‘lmasligi yoki ushbu vositalarini sotib olish imkonining yo‘qligi.
  6. Og‘ir mexnat, yashash sharoitining yomonligi.

Uzoq yurtlarga ishlagani ketganlar turli xil yo‘llar bilan OIV infeksiyasi yoki jinsiy aloqa natijasida yuqadigan boshqa kasalliklarni yuqtirib olishlari,  o‘z vatanlariga kaytganlarida  bu kasalliklarni jinsiy yo‘l bilan o‘z turmush o‘rtoklariga,  ulardan  esa tug‘ilajak  farzandlariga yuqtirib qo‘yishlari mumkin.

Shunday ayanchli xolatlarning oldini olish uchun avvalambor uzok yurtlarga ishlagani ketayotgan mehnat migrantlarining o‘zlari OIV/OITS masalalari bo‘yicha to‘liq tushunchalarga ega bo‘lishlari,  safar davomida  OIV infeksiyasi va jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklardan o‘zlarini himoya kilishlari, asrashlari lozim. Ushbu kasalliklarning yuqish xavfi tug‘ilganda, kutilmagan vaziyatlar yuz berganda usha joyda yoki o‘z yurtlariga qaytgach, jinsiy hayot boshlangunga qadar  tibbiyot muassasalariga murojaat qilib o‘zini ushbu kasalliklarga tekshirtirib ko‘rishlari kerak.

Mehnat migrantlarining turmush o‘rtoqlari (ayollari) xam bu masalaning mohiyatiga  yetishlari kerak. Uzoq safardan qaytgan turmush o‘rtog‘i bilan jinsiy xayotni boshlashdan oldin, undan  OIV infeksiyasi va boshka jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarga o‘zlarini tekshirtirish  zarurligini aytishlari  lozim.

Ko‘pincha ayollarimiz  o‘z erlariga bunday talab qo‘yishni andishasizlik deb bilib, o‘zi, tug‘ilajak farzandi  salomatligi va  hayotini,    oila kelajagini xavf ostiga  qo‘yishlari mumkin. Har bir  inson hoh u erkak bo‘lsin, hoh u ayol, o‘zi, oila a’zolari, farzandlari  sog‘ligi uchun mas’ul ekanliklarini unutmasliklari lozim.

           Ayollar eri oldiga bunday talabni qo‘yishda, yaxshi muomala  bilan  OIV infeksiyasi va jinsiy yul bilan yuqadigan boshqa kasalliklar, ularning yuqish yo‘llari, asoratlari  to‘g‘risida gapirishlari  lozim. Bu er, xotin, farzandlar sog‘ligi, oilaning kelajagi uchun muhim ekanligini  tushuntirish  lozim. Bir so‘z bilan aytganda er-xotin  masalaning juda muhimligini, xayotiyligini to‘g‘ri tushunib yetgandagina,  oila va   tug‘ilajak farzand salomatligi va hayotiga  xavf soluvchi  bu kasallikning  oldini olishi  mumkin bo‘ladi.

  OIV infeksiyasi va jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarning yuqib qolishiga yo‘l qo‘ymasliklari uchun quyidagilarga amal qilishlari lozim:

  1. Tanlagan umr yo‘ldoshiga vafodor bo‘lish;
  2. Tasodifiy jinsiy aloqalardan tiyilish;
  3. Himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish;
  4. Shaxsiy soqol olish asbobi, tish shetkasi, taroq,  sochik  va sovunlardan umumiy tarzda foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik;
  5. Teriga tatiurovka qo‘ydirmaslik.

  6.Tibbiy muolajalarni olish chog‘ida bir marta ishlatiladigan tibbiy asboblardan  foydalanish.

  1. Giyohvand moddalarga yaqin yo‘lamaslik.
  2. Spirtli ichimliklarni iste’mol kilmaslik, chunki aynan shu sababga ko‘ra 40-60% gacha xollarda   inson o‘z xatti-harakatlarini nazorat qila olmay qoladi, natijada  OIV infeksiyasi yoki jinsiy yul bilan yukadigan boshqa kasalliklarni yuktirib olishlari  mumkin.

Agar Sizning hayotingizda OIV infeksiyasi yoki jinsiy aloqa natijasida yuqadigan kasalliklar yuqishi  mumkin bo‘lgan xavfli holatlar  ro‘y bergan bo‘lsa yoki  shubha tug‘ilsa Qoraqalpog‘iston Respublikasi  OITSga qarshi kurash markazida tashkil etilgan “Anonim xona”ga, “Do‘stona munosabat xonasi”ga, tuman va shahar  ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar qoshida tashkil etilgan   «Ishonch xonalarga»,  murojaat kilishingiz mumkin. Bu dargohlarda  har bir murojaat etuvchiga yashirin,  bepul, hufiyona  eng asosiysi do‘stona  xizmat ko‘rsatiladi.

  Bemorning shikoyati yoki kasallik holatiga qarab tashhis qo‘yilmaydi.  “OIV\OITS tashhisi  bir necha marta maxsus laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tgandan keyin,  bir gurux shifokorlar  tomonidan   qo‘yiladi.

  Odamga OIV infeksiyasi yuqqan yoki yuqmaganligini aniqlashning birdan bir yo‘li undan olingan qon namunasini OIV diagnostika  laborotoriyalarida maxsus testlar yordamida tekshirishdan iborat.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi OITSga qarshi kurashish markazi shifokor metodisti A.Djanibekova

Qoraqalpog‘iston Respublikasi OITSga qarshi kurashish markazi Beruniy tumanlararo laboratoriyasi vrach laboranti S.Madraximov