Savol: Qanday holatlarda Davolash-profilaktika muassasalariga murojat qilgan bemorlar OIV infektsiyasiga tekshiriladi ?
Javob: Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligida 2014 yil 15 mayda 2584-son bilan roʼyxatga olingan Oʼzbekiston Respublikasi sogʼliqni saqlash vazirining 2014 yil 15 apreldagi 5-sonli buyrugʼiga asosan quyidagilar:
- Quyidagi klinik koʼrsatmalari mavjud boʼlgan shaxslarga ixtiyoriy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan oʼtish tavsiya etiladi:
tana harorati bir oydan ortiq vaqt davomida meʼyoridan yuqori koʼtarilib turgan shaxslar;
bir oydan ortiq davom etayotgan nomaʼlum etiologiyali diareya boʼlgan shaxslar;
uch oydan ortiq davom etayotgan limfoadenopatiya boʼlgan shaxslar;
surunkali va qaytalovchi, davolanishi natijasiz zotiljam boʼlgan shaxslar;
jinsiy aʼzolarining surunkali, bachadon va bachadon nayining ogʼir yalligʼlanishi, endometrit, adneksit kasalliklari mavjud boʼlgan shaxslar;
ogʼiz boʼshligʼining virusli yoki zamburugʼli kasalliklari va tilning tukli chaqalanishi (leykoplakiya) bilan kasallangan shaxslar;
immun tizimi buzilgan (t-xelperlarning kamayib ketishi) va chuqur immunitet tanqisligi holatida boʼlgan shaxslar;
koʼp marta qaytalanuvchi surunkali kasalliklar bilan kasallanayotgan shaxslar;
qon va boshqa biologik suyuqliklar retsipienti boʼlgan shaxslar;
mazkur Qoidalarning 3-ilovasidagi roʼyxatda nazarda tutilgan OIV infektsiyasiga xos boʼlgan opportunistik kasalliklari mavjud boʼlgan shaxslar.
OIV infektsiyasiga xos boʼlgan opportunistik kasalliklar ROʼYXАTI
Kandidozlar (kekirdak, qiziloʼngach, bronx va oʼpka sohasi).
Bachadon boʼyni invaziv saratoni.
Oʼpka va oʼpkadan tashqari sil.
Tarqoq gistoplazmoz.
Pnevmotsistli zotiljam.
Koktsidomikoz (oʼpkadan tashqari yoki tarqoq).
Oʼpkadan tashqari kriptokokkoz (evropacha blastomikoz).
Surunkali ichak kriptosporidiozi.
Sitomegalovirusli retinit.
Jigar, taloq, limfa tugunlaridan tashqari sitomegalovirusli infektsiya.
Oddiy gerpes (uchuq), surunkali yaralar 1 oy davomida, ezofagit, bronxit, zotiljam.
Surunkali ichak izosporiozi.
Kaposhi sarkomasi.
Batsillyar angiomatoz.
Teri mikobakteriozi.
Immunoblast sarkoma.
Berkit limfomasi.
Birlamchi miya limfomasi.
18 yoshgacha boʼlgan bolalarda interstitsial limfoid zotiljam yoki oʼpkaning limfoidli giperplaziyasi.
Kuchayib boruvchi, koʼp oʼchoqli leykoentsefalopatiya.
Miya toksoplazmozi.
Salmonellali septitsemiya.
Xorioretinit, endokardit, miokardit, nomaʼlum etiologiyali perikardit.
Onixomikozlar.
Nafas yoʼllarining qaytalanuvchi infektsiyalari (6 oy ichida 2 va undan ortiq holatda sinusit, bronxit, oʼrta quloq yalligʼlanishi).
Vrach epidemiolog Sultanov M






