Qoraqalpogiston Respublikasi OITSga qarshi kurashish markazi tashkiliy uslubiy bolim epidemiolog Sultanov M. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpogiston filialida tibbiy xodimlar orasida OIV infeksiyasi bo‘yicha davolash-profilaktika muassasalariga yuritilayotgan DPM dagi tibbiyot xodimlar orasida sodir boʻlgan avariya xolatlarini qayd qilish jurnali haqida Qoraqalpogiston Respublikasi OITSga qarshi kurashish markazi tashkiliy uslubiy bolim epidemiolog Sultanov M. Muloqotdan keyingi profilaktika. OIV infeksiyasini shifoxona ichida tarqalishini oldini olish bo‘yicha universal profilaktika choralari haqida atab o’tdi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimidagi barcha tibbiyot muassasalarida electron shaklda yuritiladigan birlamchi tibbiy hisob hujjatlarni tasdiqlash haqida 2025 yil 26 dekabrdagi 399-sonli buyrug‘ining 4-ilovasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘z kuchini yo‘qotgan buyruqlari va buyruq osti hujjatlari RO‘YXATI tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “ Odam immuniteti tanqisligi virus infeksiyasiga doir profilaktika va davolash bayonnomalari to‘g‘risida” 2023 yil 31 oktyabrdagi 270-son buyrug‘i 10 ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimidagi barcha tibbiyot muassasalarida electron shaklda yuritiladigan birlamchi tibbiy hisob hujjatlarni tasdiqlash haqida 2025 yil 26 dekabrdagi 399-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 127- raqamli tibbiy hujjat shakli DPM dagi tibbiyot xodimlar orasida sodir boʻlgan avariya xolatlarini qayd qilish jurnali va 128- raqamli tibbiy hujjat shakli Yullanma SPID markaziga Kasbga oid muloqotni qayd etish shakli asosida yuritiladi. MKP – bu zararlanishga gumon kilingan qon va organizmning boshqa biologik suyuqliklari bilan muloqotda bo’lgandan keyin OIVni yuqishini oldini olishga qaratilgan profilaktik maqsadda o’tkaziladigan antiretrovirus preparatlarining qisqa kursidir. Kasbiy muloqat — bu xizmat vazifalarini bajarish vaqtida qon yoki biologik suyuqliklarni shikastlangan teri, teri osti yoki shilliq pardalarga tushishi natijasida kasallik qo’zg’atuvchisi bilan yuz bergan muloqotdir. Igna yoki o’tkir instrument bilan jarohat yetkazilganda harakat tartibi. Jarohat yetkazilgan joyni sovun bilan tezda yuvish kerak, qonni yaradan bemalol oqib chiqishiga imkon berish maqsadida (qon to’xtamaguncha bir necha minut) yara yuzasini oqar suvda ushlab turish, oqar suv bo’lmagan taqdirda jarohatlangan joyni zararsizlantiruvchi gel yoki qo’lni yuvish eritmasida ishlov berish, kuchli ta’sir etuvchi vositalar: spirt, yod, oklovchi suyuqliklarni ishlatish mumkin emas, chunki ular yara yuzasini ta’sirlab yara holatini yomonlashtiradi. Jarohatlangan joyni bosish yoki ishqalash mumkin emas, in’eksiyadan qolgan qon va yara yuzasidagi qonni so’rish mumkin emas. Qon va boshqa biologik suyuqliklar, sachraganda harakat qilish tartibi. Jarohatlanmagan teriga sachraganda: Ifloslangan joyni zudlik bilan yuvish, oqar suv bo’lmagan holda zararlantiruvchi gel’ yoki qo’lni yuvuvchi eritma bilan ishlov berish, kuchli ta’sir etuvchi vositalar: spirt,oklovchi suyuqliklar va yod ishlatilmaydi, chunki ular zararlangan teri yuzasini ta’sirlaydi. Jaroqatlangan joyni bosish yoki ishkalash mumkin emas. Jarohatlanmagan teriga bog’lov qo’yish mumkin emas. Ko’zga sachraganda: Zudlik bilan ko’zni fiziologik eritma yoki suv bilan yuvish, o’tirgan holda, boshni orqaga olib, hamkasbi tomonidan extiyotlik bilan ko’zga suv yoki fiziologik eritma quyish va ko’zdan suv yoki eritmani chiqib ketishini ta’minlash zarur, ko’zni yuvish vaqtidi kontakt linzalarni yechmaslik kerak, chunki ular ximoya to’sig’i hisoblanadi. Ko’z yuvilgandan so’ng kontakt linza yechilib, odatdagiday ishlov beriladi va shundan so’ng ishlatish uchun yaroqlidir. Ko’zni sovun yoki zararlantiruvchi eritma bilan yuish mumkin emas. Og’izga sachraganda: Og’izga tushgan suyuqlikni zudlik bilan tupirib tashlash, Og’izni suv yoki fiziologik eritma bilan yaxshilab yuvib, tupirib tashlash. Bu jarayonni bir necha bor qaytarish, og’izni yuvish uchun sovun yoki zararlantiruvchi eritma ishlatish mumkin emas. OITSga qarshi kurashish markazlarida maslahat va testdan o΄tish uchun murojaаt etgan shaxslarning ismi sharifi sir saqlanishi kafolatlanadi.
48






