📌 Qoraqalogiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligida videokonferensaloqa (VKA) orqali navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog’iston Sog‘liqni saqlash vazir o‘rinbosari Abdisametova Gauxar, QR Respublika OITS qarshi kurashish markazi bosh shifokori Djamila Madreimova hamda Respublika OITSga qarshi kurashish markazi direktori Bahrom Igamberdiyev ishtirok etdi. 📝Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 29-fevraldagi 64-son buyrug‘i ijrosi — davolash-profilaktika muassasalarida OIV infeksiyasining shifoxona ichida tarqalishini oldini olish holati muhokama qilindi. Mazkur masala yuzasidan markaz mutaxassisi Barno Xodjaxanova tomonidan axborot berildi. ✅ Yig‘ilish yakunida Davolash-profilaktika muassasalari rahbarlari choralarni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.
Respublika OITSga qarshi kurashish markazi direktori Bahrom Igamberdiyevning Qoraqalpog’iston Respublikasidagi tashrifi to’g’risida
11






