MULOQOTDAN KEYINGI PROFILAKTIKA (MKP)  MKP – bu zararlanishga gumon kilingan qon va organizmning boshqa biologik suyuqliklari bilan  muloqotda bo’lgandan keyin OIVni yuqishini oldini olishga qaratilgan profilaktik maqsadda o’tkaziladigan antiretrovirus preparatlarining qisqa kursidir.  Kasbiy muloqat — bu xizmat vazifalarini bajarish vaqtida qon yoki biologik suyuqliklarni shikastlangan teri, teri osti yoki shilliq pardalarga tushishi natijasida kasallik qo’zg’atuvchisi bilan yuz bergan muloqotdir.    Igna yoki o’tkir instrument bilan jarohat yetkazilganda harakat tartibi. Jarohat yetkazilgan joyni sovun bilan tezda yuvish kerak, qonni yaradan  bemalol oqib  chiqishiga imkon berish maqsadida (qon to’xtamaguncha bir necha minut) yara yuzasini oqar suvda ushlab turish, oqar suv bo’lmagan taqdirda jarohatlangan joyni zararsizlantiruvchi gel yoki qo’lni yuvish eritmasida ishlov berish, kuchli ta’sir etuvchi vositalar: spirt, yod, oklovchi suyuqliklarni ishlatish mumkin emas, chunki ular yara yuzasini  ta’sirlab yara holatini yomonlashtiradi. Jarohatlangan joyni bosish yoki ishqalash mumkin emas, in’eksiyadan qolgan qon va yara yuzasidagi qonni so’rish mumkin emas.  Qon va boshqa biologik suyuqliklar, sachraganda harakat qilish tartibi. Jarohatlanmagan teriga sachraganda: Ifloslangan joyni zudlik bilan yuvish, oqar suv bo’lmagan holda zararlantiruvchi gel’ yoki qo’lni yuvuvchi eritma bilan ishlov berish, kuchli ta’sir etuvchi vositalar: spirt,oklovchi suyuqliklar va yod  ishlatilmaydi, chunki ular zararlangan teri yuzasini ta’sirlaydi. Jaroqatlangan joyni bosish yoki ishkalash mumkin emas. Jarohatlanmagan teriga  bog’lov qo’yish mumkin emas. Ko’zga sachraganda: Zudlik bilan ko’zni fiziologik eritma yoki suv bilan yuvish,  o’tirgan holda, boshni orqaga olib, hamkasbi tomonidan  extiyotlik bilan ko’zga suv yoki fiziologik eritma quyish va ko’zdan suv yoki eritmani chiqib ketishini ta’minlash zarur, ko’zni yuvish vaqtidi kontakt linzalarni yechmaslik kerak, chunki ular ximoya to’sig’i hisoblanadi. Ko’z yuvilgandan so’ng kontakt linza yechilib, odatdagiday ishlov beriladi va shundan so’ng ishlatish uchun yaroqlidir. Ko’zni sovun yoki zararlantiruvchi eritma bilan yuish mumkin emas.  Og’izga sachraganda: Og’izga tushgan suyuqlikni zudlik bilan tupirib tashlash, Og’izni suv yoki fiziologik eritma bilan yaxshilab yuvib, tupirib tashlash.  Bu jarayonni bir necha bor qaytarish, og’izni yuvish uchun sovun yoki zararlantiruvchi eritma ishlatish mumkin emas. OITSga qarshi kurashish markazlarida maslahat va testdan o΄tish uchun murojaаt etgan shaxslarning ismi sharifi sir saqlanishi kafolatlanadi. Manzili: Nukus shahar, A.Dosnazarov ko`chasi 15 uy Murojaat uchun telefon:    99(861)223-84-23       Ishonch telefoni: 99(897)354-00-14 (t.me/qroitsmarkazi, Rk_aids_prof (Instagram), QR OITS markazi (facebook)