O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 14-sonli Qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika OITSga qarshi kurashish markazining 2025-yil 3-sentyabrdagi “1-dekabr Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlar to‘g‘risida”gi 0106-3106-sonli bo‘yrug‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 08 sentabrdagi 01/6939-sonli ko‘rsatma xatiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi OITSga qarshi kurashish markazining 2025yil 09 sentyabr kungi 377-P-sonli bo‘yrug‘i tasdiqlandi. Ushbu bo‘yruq asosida mobil laboratoriyasining aksiyalar o‘tkazish yo‘l xaritasi joriy yil oktyabr oyida Nukus shaxar va tumanlardagi joylarga manzilli chiqish reja jadvali tasdiqlandi, 6ta oliygoxlar, Nukus xalqaro aeroporti, O‘zbekiston temir yo‘llar Nukus stansiyasi va Istiqbol avlod NNT bilan xamkorlikda reja jadvali tasdiqlandi. 1-dekabr Butunjahon OITSga qarshi kurash kuniga bag‘ishlab “Sog‘lom hayot sari birgalikda!” shiori ostida 2025-yilning 01-noyabrdan 01 dekabr sanasigacha Aholi o‘rtasida OIV infeksiyasi profilaktikasiga bag‘ishlangan tadbirlar maqsadida Istiqbolli avlod NNT QR bo‘limi bilan xamkorlikda aholi gavjum joylarda, jumladan Nukus shahar “Korzinka”, “MEGA” yirik savdokompleksida, dexqon bozorlarida, O‘zbekiston temir yo‘llari O‘zbekiston temir yo‘llari Nukus stansiyasida, Nukus Xalqaro aeroportida, Nukus shahar avtovokzallarida, sartaroshxona va go‘zallik salonlarida, xususiy DPMlarda, harbiy qismlarda, MFYlarda, jome masjidlarda, kunlik ishchilar markazi, To‘rtko‘l, Amudaryo, Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot, Beruniy, Chimbay tumanlarida OIV infeksiyasi aksiyalar va profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha tadbir o‘tkazildi. Taniqli insonlardan 2 nafar madaniyat xodimlari bilan targibot olib borildi. Videorollik tanlovi 5-noyabrda o‘tkazildi, 1,2, 3 o‘rin olganlarga xurmat yorlig‘i va baholi sovg‘alar berildi. OAV da televideniye jami 10 ta, 46 ta radio , ijtimoiy tarmoqlarda 50ta telegramm, 10ta instagramm,5 ta veb sayt, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining telegrammdan 17ta berib borildi. Mobil laboratoriya aksiyalarini o‘tkazish yo‘l xaritasi 36 joyga sana bilan belgilangan, shundan 27 joyga chiqildi, tadbirlar davom etmoqda. QR OITSga qarshi kurashish markazi tashkiliy uslubiy bo‘limi vrach metodisti A.Djanibekova






