
Harbiy bo’linmada tajribali mutaxassislar tomonidan OITS infeksiyasining xavf omillarning mexanizmlari va kasallikning erta aniqlanishi bo‘yicha mavjud imkoniyatlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Tadbir davomida Nukus harbiy prokuraturasi vakillari tomonidan OITS infeksiyasini yashirish yoki uni ataylab tarqatishga doir huquqiy javobgarlik masalalari yoritildi. Qonunchilik talablarining mazkur yo‘nalishdagi ahamiyati qayd etilib, amaldagi qonunlar fuqarolarni jazolashdan avvalo himoya qilish, ularning hayoti va kelajagini asrashga qaratilgani alohida ta’kidlandi.






