O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Odam immuniteti tanqisligi virus infeksiyasiga doir profilaktika va davolash bayonnomalari to‘g‘risida” 2023 yil 31oktyabrdagi 270-son buyrug‘i 10 ilovasi asosida muloqatdan keyingi profilaktikasibilan belgilangan vazifalar ijrosini to‘laqonli ta’minlash va OIV infeksiyasi bo‘yicha davolash-profilaktika muassasalariga ko‘rsatilayotgan tashkiliy-uslubiy yordam sifatini yanada oshirish maqsadida 10-sonli oilaviy poliklinika bosh vrachi J.Shamuratova kun tartibi bóyicha sózga chiqib,O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Odam immuniteti tanqisligi virus infeksiyasiga doir profilaktika va davolash bayonnomalari to‘g‘risida” 2023 yil 31oktyabrdagi 270-son buyrug‘i 10 ilovasi asosida muloqatdan keyingi profilaktikasi bo‘yichaOIV infeksiyasi bo‘yicha davolash-profilaktika muassasalariga ko‘rsatilayotgan tashkiliy-uslubiy yordam sifatini yanada oshirish maqsadida QR OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassisi M.Sultanov tadbir o’tkazish uchun so’zni berdi. Majlis qatnashuvchilariga davolash profilaktika muassasalarida OIV infeksiyasibo‘yicha asosiy me’yoriy-direktiv hujjatlar. Dunyoda, Respublikada va tegishli hududda OIV infeksiyasi bo‘yicha epidemiologik vaziyat. OIVga tekshirilishda testgacha va testdan keyingi maslahat.OIV infeksiyasining kasbiy yuqishini oldini olish tadbirlari. Tibbiyot xodimining avariya holatlari yuz berganda taktikasi. Infeksiya yuqish xavfini baholash. Muloqotdan keyingi profilaktika. OIV infeksiyasini shifoxona ichida tarqalishini oldini olish bo‘yicha universal profilaktika choralarihaqida atab o’tdi. MKP – bu zararlanishga gumon kilingan qon va organizmning boshqa biologik suyuqliklari bilan muloqotda bo’lgandan keyin OIVni yuqishini oldini olishga qaratilgan profilaktik maqsadda o’tkaziladigan antiretrovirus preparatlarining qisqa kursidir. Kasbiy muloqat — bu xizmat vazifalarini bajarish vaqtida qon yoki biologik suyuqliklarni shikastlangan teri, teri osti yoki shilliq pardalarga tushishi natijasida kasallik qo’zg’atuvchisi bilan yuz bergan muloqotdir. Igna yoki o’tkir instrument bilan jarohat yetkazilganda harakat tartibi. Jarohat yetkazilgan joyni sovun bilan tezda yuvish kerak, qonni yaradan bemalol oqib chiqishiga imkon berish maqsadida (qon to’xtamaguncha bir necha minut) yara yuzasini oqar suvda ushlab turish, oqar suv bo’lmagan taqdirda jarohatlangan joyni zararsizlantiruvchi gel yoki qo’lni yuvish eritmasida ishlov berish, kuchli ta’sir etuvchi vositalar: spirt, yod, oklovchi suyuqliklarni ishlatish mumkin emas, chunki ular yara yuzasini ta’sirlab yara holatini yomonlashtiradi. Jarohatlangan joyni bosish yoki ishqalash mumkin emas, in’eksiyadan qolgan qon va yara yuzasidagi qonni so’rish mumkin emas. Qon va boshqa biologik suyuqliklar, sachraganda harakat qilish tartibi. Jarohatlanmagan teriga sachraganda: Ifloslangan joyni zudlik bilan yuvish, oqar suv bo’lmagan holda zararlantiruvchi gel’ yoki qo’lni yuvuvchi eritma bilan ishlov berish, kuchli ta’sir etuvchi vositalar: spirt,oklovchi suyuqliklar va yod ishlatilmaydi, chunki ular zararlangan teri yuzasini ta’sirlaydi. Jaroqatlangan joyni bosish yoki ishkalash mumkin emas. Jarohatlanmagan teriga bog’lov qo’yish mumkin emas. Ko’zga sachraganda: Zudlik bilan ko’zni fiziologik eritma yoki suv bilan yuvish, o’tirgan holda, boshni orqaga olib, hamkasbi tomonidan extiyotlik bilan ko’zga suv yoki fiziologik eritma quyish va ko’zdan suv yoki eritmani chiqib ketishini ta’minlash zarur, ko’zni yuvish vaqtidi kontakt linzalarni yechmaslik kerak, chunki ular ximoya to’sig’i hisoblanadi. Ko’z yuvilgandan so’ng kontakt linza yechilib, odatdagiday ishlov beriladi va shundan so’ng ishlatish uchun yaroqlidir. Ko’zni sovun yoki zararlantiruvchi eritma bilan yuish mumkin emas. Og’izga sachraganda: Og’izga tushgan suyuqlikni zudlik bilan tupirib tashlash, Og’izni suv yoki fiziologik eritma bilan yaxshilab yuvib, tupirib tashlash. Bu jarayonni bir necha bor qaytarish, og’izni yuvish uchun sovun yoki zararlantiruvchi eritma ishlatish mumkin emas. OITSga qarshi kurashish markazlarida maslahat va testdan o΄tish uchun murojaаt etgan shaxslarning ismi sharifi sir saqlanishi kafolatlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Odam immuniteti tanqisligi virus infeksiyasiga doir profilaktika va davolash bayonnomalari to‘g‘risida” 2023 yil 31oktyabrdagi 270-son buyrug‘i 10 ilovasi asosida muloqatdan keyingi profilaktikasi
10






