Qoraqalpog’isto Respublikası OITSga kurashish markazi shifokorlari G.Niyazova, L.Vasileva
Aholi orasida OIV infeksiyasini erta aniqlab, o‘z vaqtida kasallikning oldini olish tadbirlarini yo‘lga qo‘yish uchun OITS xizmatining moddiy-texnika bazasini yaxshilash muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 14-sonli Qarori ijrosi yuzasidan OIV epidemiyasiga barham berishni ko‘zda tutuvchi “95-95-95” tamoyili doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi OITSga qarshi kurashish markazi laboratoriyasi va Xo‘jayli, Beruniy, Qo‘ng‘irot, CHimboy, Amudaryo, To‘rtkul tumanlararo OIV tahlil laboratoriyalari bugungi kuni 14ta IFA (immunoferment analizatori) va 2ta IXLA (Immunoxemilyuminessent analizator) to‘plamlari bilan jihozlangan. OIVga tekshiruvlar o‘tkazishni talab darajasida yo‘lga qo‘yish uchun OIV tahlil laboratoriyalari so‘nggi 3-4 avlod test tuplamlari va tahlil reagentlari bilan uzluksiz ta’minlanmoqda.
IXLA tuplami – bu IFAning zamonaviyroq, to‘liq avtomatlashtirilgan va yuqori sezgir modifikatsiyasi bo‘lib, u virusli markerlarni bir necha kun oldin aniqlash imkonini beradi hamda IXLA testi to‘liq avtomatlashtirilgan jarayon, ya’ni natijalar ko‘pincha 1-2 soat ichida tayyor bo‘ladi.
IFA testi esa ko‘pincha qo‘lda yoki yarim avtomatik ravishda bajariladi, bu ko‘proq tayyorgarlik vaqtini talab qiladi (bir necha soatdan bir kungacha).
Zamonaviy laboratoriya tahlilida ikkala usul ham skrining usullari hisoblanadi. Agar IXLA yoki IFA test natijalari ijobiy bo‘lsa, aniq tashxis qo‘yish uchun qon namunasi tasdiqlash testi – immunoblot – uchun yuboriladi.
Olingan qon namunalarida OIV infeksiyasini tezkorlik bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi OITSga qarshi kurashish markazi laboratoriyasida 2 dona zamonaviy yuqori sezgirlikka ega va tez vaqt ichida OIV antitelolarini aniqlashda IXLA to‘plami 2024 yildan buyon ishlatilmoqda.
2024 yilda 363547 nafar kontingentlar OIVga tekshirilgan bulsa, 2025 yilda 385744 nafar shaxslar OIVga tekshirildi, shunday qilib 2025 yilda OIVga tekshirilgan kontingentlar soni o‘tgan 2024 yilga nisbatan 10,6 foizga ortgani aniqlandi.






